2024- yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyatida norasmiy sektorlar tomonidan qiymati 1,6 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. O‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 108,1 % ni tashkil etdi. Hududlar kesimida eng ko‘p qurilish ishlari Namangan shahrida 227,1 mlrd so‘mni, Kosonsoy tumanida 195,0 mlrd so‘mni hamda Uchqo‘rg‘on tumanida 160,8 mlrd so‘mni tashkil etgan. Shuningdek, norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlari hajmida yakka tartibda uy-joy qurish ishlarining ulushi 84,9 % ga, xususiy qurilish ishlarining ulushi 16,1 % ga to‘g‘ri kelmoqda.