2024- yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyati bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 13,7 trln so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 2,0 trln so‘mga ko‘paygan. Savdo aylanmasida yirik korxonalarning ulushi 7,3 % ga hamda kichik tadbirkorlikning ulushi 92,7 % ga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, aholi jon boshiga hisoblangan chakana savdo aylanmasi hajmi 5 mln 424,0 ming so‘mni tashkil etgan. Hududlar kesimida eng yuqori ulushni Namangan shahri 42,5 %, eng quyi ulushni esa, Mingbuloq tumani 3,0 % bilan qayd etilgan.