2024- yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyati bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasi 13,7 trln so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 10,0 % ga ko‘paygan. Chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulushni Namangan shahri 42,5 % ni, eng quyi ulushni esa Mingbuloq tumani 3,0 % ulush bilan qayd etilgan.