03/10/2024

2024- yilning 1- sentabr holatiga Davlatobod tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish korxonalari soni 131 tani tashkil etib, ular tomonidan joriy yilning yanvar-avgust oylarida jami 609,7 mlrd so‘mlik qurilish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan. Bu 2023- yilning mos davriga nisbatan 22,8 mlrd so‘mga ko‘paygan. Qurilish ishlarining 89,0 % i kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan.