2024- yilning 1- sentabr holatiga Yangi Namangan tumanida 1939 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Shundan, 1 715 tasi kichik tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar quyidagicha;
savdo - 641 ta,
sanoat - 519 ta,
qurilish - 125 ta,
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi - 24 ta,
yashash va ovqatlanish - 91 ta,
tashish va saqlash - 94 ta,
boshqa sohalarda - 445 tani tashkil etgan.
Tashkiliy-huquqiy shakli bo'yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni;
masʼuliyati cheklangan jamiyatlar - 1 485 ta,
xususiy korxonalar - 179 ta,
oilaviy korxonalar - 66 ta,
xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar - 25 ta,
shundan,
xorijiy korxonalar - 17 ta,
qo‘shma korxonalar - 8 tani tashkil etgan.