Joriy yilning 9- avgust kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur o'quv seminarida Statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti B. Ismatullayev tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 18.07.2024- yildagi “Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida” PQ-267-son Qarori haqida boshqarma xodimlariga maʼlumot berildi.
Shuningdek, qaror bilan 2024-yil 1-dekabrdan boshlab yangidan tayinlanadigan ijtimoiy toʻlovlar, xizmatlar va imtiyozlar, shu jumladan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan vaucherlar qiymatida xarid qilinishini, 2025-yil 1-apreldan boshlab bosqichma-bosqich shaxsning nogironligini, talaba, oʻquvchi, urush qatnashchisi yoki urush qatnashchisiga tenglashtirilgan shaxs holatini tasdiqlashini, bunda nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma va guvohnomalar, talabalik guvohnomalari, oʻquvchilar guvohnomalari, urush qatnashchilari yoki ularga tenglashtirilgan shaxslar guvohnomalarining qogʻoz shakli ijtimoiy kartaga almashtirish orqali bekor qilinishi, shuningdek, 2025-yil 1-iyuldan boshlab — “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tovarlar (xizmatlar)ni belgilangan miqdor doirasida xarid qilishda toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini bir ish kunida qaytarilishi, 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab pensiya oluvchilarga oʻz xohishiga koʻra yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yoʻqotganligi boʻyicha pensiyalarni ijtimoiy karta orqali olish huquqi berilishi belgilanganligi xususida xodimlarga tushunchalar berildi.
Seminar qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi.