16/08/2024

Joriy yilning 16- avgust kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Mazkur o'quv seminarida Statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti B. Ismatullayev tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining  5.08.2024-yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʻtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonuni haqida boshqarma xodimlariga maʼlumot berildi.

Mazkur seminarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan 2018-yil 1-mayga qadar yakka tartibda uy-joy qurish orqali oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga;

fuqarolar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va rezident boʻlgan yuridik shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq ajratilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilgan yer uchastkasi maydonidan 2018-yil 1-mayga qadar ortiqcha egallagan yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga;

oʻzboshimchalik bilan qurilgan yakka tartibdagi uy-joylarga boʻlgan mulk huquqini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan tashkil etilgan Koʻchmas mulkka nisbatan huquqni eʻtirof etish ishlarini tashkil etish boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari (bundan buyon matnda Koʻchmas mulkka nisbatan huquqni eʻtirof etish ishlarini tashkil etish boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari deb yuritiladi) tomonidan eʻtirof etish mumkin deb topilganligi hollariga yoki uni eʻtirof etish rad etilganligi yoxud arizalarning koʻrib chiqilishi bir martalik umumdavlat aksiyasining muddati oʻtganligi sababli yakuniga yetmaganligi hollariga;

2021-yil 8-iyunga qadar tuman (shahar) hokimining qaroriga koʻra qonunchilik hujjatlariga muvofiq fuqarolarga, yakka tartibdagi tadbirkorlarga yoki rezident boʻlgan yuridik shaxslarga ajratilgan, tasdiqlash masalasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan koʻrib chiqilmagan yer uchastkasiga;

fuqarolarning bogʻdorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylariga hamda ular egallagan yer uchastkasiga;

2020-yil 9-martga qadar kichik sanoat zonalari hududiga joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlarining yashash uchun moʻljallanmagan binolari va inshootlari yoki ularning qismlari joylashgan yer uchastkasiga;

xususiylashtirilgan binolar va inshootlar egallagan yer uchastkasiga;

fuqarolarning, yakka tartibdagi tadbirkorlarning va rezident boʻlgan yuridik shaxslarning qonunchilikka muvofiq mulk (egalik qilish) huquqi eʻtirof etilgan binolari va inshootlari egallagan yer uchastkasiga nisbatan huquqlarni eʻtirof etish asoslari va tartibini belgilashini va shu asoslarga nisbatan mulk huquqi eʼtirof etilishini tushuntirildi.

Shuningdek, qaror bilan  yakka tartibdagi uy-joy qurilgan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi yer uchastkasi 1998-yil 1-iyulga qadar egallangan boʻlsa, — barcha hududlarda 0,24 gektardan koʻp boʻlmagan oʻlchamda, 1998-yil 1-iyuldan 2018-yil 1-mayga qadar egallangan boʻlsa, — Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida 0,06 gektardan, qolgan hududlarda 0,12 gektardan koʻp boʻlmagan oʻlchamda mulk huquqi eʼtirof etilishini, Qonun 2028-yil 1-yanvarga qadar amal qilishi xususida xodimlarga tushunchalar berildi.

Seminar qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi.