Joriy yilning 23- avgust kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur o'quv seminarida Statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti B. Ismatullayev tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.06.2024-yildagi “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori haqida boshqarma xodimlariga maʼlumot berildi.
Mazkur seminarda “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasini 2025-yil 1-yanvardan joriy etish haqidagi takliflar ma’qullanganligini, shuningdek, aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, yosh avlod ongiga halollik qadriyatlarini singdirish, korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan davlat xizmati lavozimlaridagi xodimlarning bilim, ko‘nikma va malakalarini doimiy ravishda oshirib borish, davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini baholash va sertifikatlash hamda sertifikat olgan davlat xizmatchilarining reyestrini yuritish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi milliy va xorijiy tajriba, ilmiy, uslubiy va amaliy ishlanmalar, erishilgan yutuqlar bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini yuritish, korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini, shu jumladan, milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilgan holda amalga oshirish aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimining ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanganligi aytildi.
Bundan tashqari, ushbu qaror bilan davlat organlari va tashkilotlari muntazam ravishda o‘z xodimlarining Virtual akademiyada korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malakasini oshirib borishlarini ta’minlanishi, 2024-yil 1-oktabrga qadar ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, o‘quvchilari va talabalari uchun Virtual akademiyada tashkil etiladigan maxsus dasturlar va kontentning ishlab chiqilishi belgilanganligi to‘g‘risida xodimlarga tushunchalar berildi.
Seminar qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi.