30/08/2024

Joriy yilning 30- avgust kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Mazkur o'quv seminarida Statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti B. Ismatullayev tomonidan 2024- yilning avgust oyi davomida (Lex.uz tizimiga kiritilgan) Oʻzbekiston Respublikasining 12 ta yangi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 22 ta Farmon va Qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining 33 ta qarorlari qabul qilinganligi  haqida boshqarma xodimlariga maʼlumot berildi.

Mazkur seminarda 2024-yil 1-sentabrdan boshlab 2027-yil 1-yanvarga qadar yoshlarning nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari boʻyicha xalqaro imtihon tizimlarida imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilishi uchun ular tomonidan toʻplanishi lozim boʻlgan ballning minimal koʻrsatkichi bir pogʻona pasaytirilishi hamda mazkur xarajatlar Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida qoplanishi belgilanganligi, joriy yil 1-oktabrdan boshlab Yoshlar ishlari agentligi har yili xususiy oʻquv markazlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimidagi reytingini tuzadi hamda rasmiy veb-saytida eʻlon qilib borishi, reyting natijalariga koʻra olis va chekka hududlarda faoliyat koʻrsatuvchi eng yuqori koʻrsatkichga ega 100 ta xususiy oʻquv markazining taʻlim jarayonida foydalanadigan bino va inshootlar uchun ijara toʻlovi xarajatlarining bir qismi Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kompensatsiya qilinishi, 2024 — 2026-yillarda oliy taʻlim tashkilotlarining xorijiy til filologiyasi taʻlim yoʻnalishi boʻyicha 3 va 4-kursda tahsil olayotgan hamda kamida S1 darajadagi sertifikatga ega talabalariga umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʻlim tashkilotlarida oʻqituvchi sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat etilishini ham seminar ishtirokchilarga taʼkidlandi.

Seminarda, yangi qabul qilingan qonun hujjatlari va ularning mazmun-mohiyati haqida tushunchalar ham berish bilan birga ishtirokchilarining qiziqtirgan savollariga javoblar berib oʻtildi.

Seminar qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi.