17/07/2024

Joriy yilning 17- iyul kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Korrupsiya-adolat va jamiyat kushandasi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda so‘zga chiqqan boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev tomonidan “Korrupsiya” illati  har  qanday  davlatni barqarorlik bilan  taraqqiy  etishiga qarshilik ko‘rsatib kelishini va   unga  qarshi kurashish butun dunyo mamlakatlarining dolzarb muammosi bo‘lib qolayotganligini, o‘z  vaqtida  unga  qarshi aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinib, birgalikda kurashilmasa, korrupsiya va poraxo‘rlik davlatni ich-ichidan yemirishi, adolat va jamiyat kushandasiga aylanishini, shuningdek, korrupsiyaning oqibatlari bilan keskin kurashish bilan birga, uning barvaqt oldini olishga o‘tishimiz kerakligi, chunki taraqqiyotga to‘siq bo‘layotgan bir qator omillar, illatlardan biri va eng xavflisi korrupsiyaligi, bu illat avvalo, xalqimizning davlat va islohotlarga ishonchini so‘ndirishi, jamiyatda norozilik kayfiyatini kuchaytirishi bilan ham g‘oyat xatarli ekanligini ham ta’kidlab o‘tdi.

Seminar qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi.