Joriy yilning 27- sentabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur o'quv seminarida Statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti B. Ismatullayev tomonidan 2024- yilning sentabr oyi davomida (Lex.uz tizimiga kiritilgan) Oʻzbekiston Respublikasining 12 ta yangi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 18 ta Farmon va Qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining 25 ta qarorlari qabul qilinganligi haqida boshqarma xodimlariga maʼlumot berildi.
Seminarda, yangi qabul qilingan qonun hujjatlari va ularning mazmun-mohiyati haqida tushunchalar ham berish bilan birga ishtirokchilarining qiziqtirgan savollariga javoblar berib oʻtildi.