Joriy yilning 14- avgust kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Korrupsiya-halokatga yo‘l” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda so‘zga chiqqan boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev tomonidan har bir rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarni barqarorlik bilan taraqqiy etishiga korrupsiya illati qarshilik ko‘rsatib kelayotganligini, shu boisdan ham korrupsiyaga qarshi kurashish butun dunyo mamlakatlarining dolzarb muammosi bo‘lib qolayotganligi haqida tushuncha berilib, korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillar sanab o‘tildi.
Shuningdek, boshqarma boshlig‘i S.Melixujayev ham seminar davomida korrupsiya o‘zimizga, balki davlatimizni kelajagiga ham to‘siq bo‘lishini, hammamiz uni oldini olish borasida birgalikda kurash olib borishimiz lozimligini, kelgusida korrupsiyaga yo‘l qo‘ygan xodimlar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinmasligi Qonun bilan mustahkamlab qo‘yilayotganligini gapirib, mazkur yo‘nalishlarda ishlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar muhokama etildi.
Seminar qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi.