24/09/2024

Joriy yilning 24- sentabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Korrupsiya – kelajak kushandasi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

Unda so‘zga chiqqan boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev korrupsiya – bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatligini, u demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazishi va inson huquqlari buzilishiga olib kelishligi, qolaversa bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qilishi, hayot  sifatini yomonlashtirib yuborishiniham ta’kidladi.      

Bundan tashqari, ayni vaqtda yurtimizda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan islohotlarning barchasi mamlakatimizda korrupsiyaning ildizi va tizimini butkul yo‘qotishga qaratilganidan dalolat berishligi, buning uchun avvalo o‘zimiz korrupsiyanining har qanday ko‘rishnishini bartaraf qilish uchun birgalikda kurashishimiz zarurligini, qabul qilingan Qonun va boshqa huquqiy-normativ xujjatlar esa davlat va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir etuvchi mazkur illatga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmi sifatida xizmat qilishini ham aytib o‘tildi.

Seminar qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi.