04/10/2024

2024- yilning 1- sentabr holatiga viloyatimizda savdo sohasida jami 8 817 ta korxonalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Hududlar kesimida eng ko‘p savdo korxonalari Namangan shahrida – 2519 ta, Chortoq tumanida – 825 ta va Chust tumanida – 691 ta qayd etilgan. Shuningdek, joriy yilning yanvar-avgust oylarida savdo sohasida jami 1 177 ta yangi korxonalar tashkil etildi.