2024- yilning yanvar-avgust oylari yakuni bo‘yicha viloyatimizdan 30 ta horijiy davlatga qiymati 206,0 mln. AQSH dollarilik to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, bu umumiy eksportning 52,7 % ini tashkil etgan. Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida asosiy ulushni tayyor to‘qimachilik mahsulotlari 34,3 %, tayyor trikotaj kiyimlar 27,5 % egallagan.