04/10/2024

2024- yilning 1- sentabr holatiga Chust tumanida 2 270 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

 Shundan, 1 932 tasi kichik tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar quyidagicha;

savdo - 691 ta,

sanoat - 332 ta,

qurilish - 128 ta,

qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi - 221 ta,

yashash va ovqatlanish - 140 ta,

tashish va saqlash - 170 ta,

boshqa sohalarda - 588 tani tashkil etgan.

Tashkiliy-huquqiy shakli bo'yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni;

masʼuliyati cheklangan jamiyatlar - 1 159 ta,
xususiy korxonalar - 697 ta,
oilaviy korxonalar - 62 ta,
xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar - 22 ta,
shundan,
xorijiy korxonalar - 12 ta,
qo‘shma korxonalar - 10 tani tashkil etgan.