08/10/2024

2024- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, viloyatimizda yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 762,3 ming taga yetdi. 2023- yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda yirik shoxli qoramollar bosh soni - 16,2 ming taga yoki 2,2 % ga ko‘paydi. Bu borada yuqori ulushga ega bo‘lgan hududlar Namangan shahri, Chust va Yangiqo‘rg‘on tumanlari o‘rin olgan.