11/10/2024

Hozirgi kunda, axborot qimmatbaho resurs sifatida, ma'lumotlarni ruxsatsiz kirishdan himoya qilish tobora muhim bo'lmoqda. Axborot xavfsizligi — bu faqat qoidalar to'plami emas, balki axborot bilan ishlashning barcha jihatlarini qamrab oladigan kompleks yondashuvdir.

Axborotni muhofaza qilish axborotni ixtiyoriy ko’rinishda yo’qotishda (o’g’irlash, buzish, qalbakilashtirish) ko’riladigan zararning oldini olishni ta’minlashi lozim. Axborotni muhofaza qilish choralari axborot xavfsizligiga oid amaldagi qonun va me’yoriy hujjatlar asosida va axborotdan foydalanuvchilarning manfaatlariga ko’ra tashkil etilishi zarur. Yuqori darajada axborotni mufofaza qilishni kafolatlash uchun muntazam ravishda murakkab ilmiy – texnik vazifalarni hal etish va himoya vositalarini takomillashtirish hamda targ'ibot tadbirlarini o'tkazishni talab etiladi.

Jumladan, joriy yilning 11- oktabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida “Axborot xavfsizligi: raqamli dunyoda himoya” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda boshqarma rahbariyati, bo‘lim boshliqlari va  mutaxassislar ishtirok etdi.

Tadbirda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari R. Jiyanov xar bir xodim boshqarma tomonidan tasdiqlangan axborot xavfsizligi siyosatiga, kompyuterdan foydalanish qoidalariga hamda internetdan foydalanish odobiga rioya etishi zarurligi haqida alohida takildlab o‘tdi. 
Shuningdek, Dasturiy texnik ta’minot va ma’umotlarni saqlash markazi axborot xavfsizligi bo‘yicha yetakchi muhandisi Refat Sayfutdinov axborot xavfsizligi siyosatiga tahdidlar, ularning turlari, xavfli darchalar, tahdid mezonlari, ichki va tashqi tahdidlar yuzasidan ma’lumotlar berdi.

Seminar davomida telefon orqali kiber firibgarlik, asosiy tahdidlar va kiberhujum turlari, shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish usullari hamda internetda xavfsiz ishlash bo'yicha qiziqarli ma'lumotlar berildi. 

Muloqot davomida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.