2024- yilning yanvar-avgust oylarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 2 342,3 mlrd so‘mni tashkil etib, o'sish sur'ati 2023- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 113,1 % ga yetdi. Shu jumladan, 12 bozor va 12 bozor (chorva) (oylik) kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, dehqon bozorlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarini sotish hajmi 1211,2 mlrd so‘mni tashkil etib, uyushmagan savdo tovar aylanmasidagi ulushi 51,7 % ga to'g'i kelgan.