Joriy yilning yanvar-avgust oylarida viloyatimizda qiymati 3630,6 mlrd so‘mlik yangi qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 101,4 % ga yetgan. Umumiy qurilish ishlarining 74,5 %i yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.