2024- yilning yanvar-iyun oylarda Namangan viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan jami 7 558 tonna uzum yetishtirilgan. Bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 1,6 % ga ko‘paygan.
Uzum ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, uzum ishlab chiqarish umumiy hajmidan 68,6 % i fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Hududlar kesimida eng yuqori ko'rsatkich Chortoq tumanida 1 694 tonnani tashkil etgan.