2024- yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyatida ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 7 trln 965,2 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 11,6 % ga ko‘paygan.
Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 1 trln 728,5 mlrd so‘mni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 6 trln 236,7 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Savdo aylanmasining 64,3 % i Namangan shahri hissasiga to‘g‘ri keladi.