17/10/2024

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyatida amalga oshirilgan qurilish va bunyodkorlik ishlari hajmi 4,9 trln so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davri bilan taqqoslaganda 107 % ga yetgan.

Shundan, 74,5 % yoki 3,6 tln so‘mlik qurilish ishlari iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.

Yangi qurilish ishlarida kichik tadbirkorlikning ulushi 53,8 ga yoki 2,0 trln so‘mga to‘g‘ri kelgan.