2024- yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyati xorijiy davlatlardan qiymati 147,3 mln. AQSH dollarilik mashinalar va transport asbob-uskunalari importini amalga oshirgan bo'lib, 2023- yilning shu davriga nisbatan 12,6 % ga kamaydi. Importning umumiy hajmidagi ulushi esa 31,9 % ga yetdi.
Ushbu tovarlarni Namangan viloyatiga yetkazib berishning asosiy qismi Xitoy — 83,3 mln. AQSH dollari, Turkiya — 14,8 mln. AQSH dollari Koreya — 6,2 mln AQSH dollari, Hindiston — 7,1 mln. AQSH dollari, Germaniya – 8,4 mln. AQSH dollari, kabi davlatlarga toʻgʻri keldi.