Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.
1989- yilning 21- oktabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lgan ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi.
Shuningdek, 2020- yilning 10- aprel kuni O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O'zbek tili bayrami kunini belgilash to'g'risida»gi qonunni imzoladi.
Qonunga asosan, 21- oktabr O'zbek tili bayrami kuni etib belgilangan.
Namangan viloyat statistika boshqarmasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni O'zbek tili bayrami kuni bilan tabriklaydi.