2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida asosiy kapitalga 30 trln 716 mlrd so‘mlik investitsiyalar yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023 yilning mos davriga nisbatan 200,6 % ni tashkil etgan.
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari;
To‘g‘ridan to‘g‘ri va boshqa xorijiy investitsiyalar hamda kreditlar - 23 trln 395,2 mlrd so‘m;
Korxonalar mablag‘i, mahalliy budjet va homiy rezident mablag‘lari - 3 trln 861 mlrd so‘m;
Aholi mablag‘lari - 2 trln 20,1 mlrd so‘m;
Bank kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari – 302,1 mlrd so‘m;
O‘zbekiston Respublikasi kafolati bilan chet el kreditlari - 548 mlrd so‘m;
Respublika budjeti - 589 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Shuningdek, asosiy kapitaldagi investitsiyalarning 35,5 % i qurilish montaj ishlariga yo‘naltirildi.
23/10/2024