2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 29 trln 247,7 mlrd so‘mni tashkil etdi va o‘sish surati 2023- yilning mos davriga nisbatan 112,1 foizga yetgan.
Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 9 mln 463,1 ming so‘mdan to‘g‘ri kelgan.
Bozor xizmatlari tarkibida yuqori ulushni yashash va ovqtlanish xizmatlari 40,5 %, savdo xizmatlari 19,9 % hamda transport xizmatlari 10,9 % ni tashkil etgan.
Shuningdek, viloyatimizda kichik tadbirkorlikning xizmatlar sohasidagi ulushi 75,1 % ga to‘g‘ri kelgan.