2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 22 trln 103,3 mlrd so‘mga yetib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 3,4 % ga ko‘paygan.
Shundan, dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 48,9 % ni, chorvachilik mahsulotlarining ulushi 51,1 % ni tashkil etdi.
Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlillar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 67,9 % i – dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 28,3 % i – fermer xo‘jaliklariga hamda 3,3 % i – qishloq xo‘jaligi faoltiyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.