23/10/2024

Joriy yilning 22- oktabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi va uning hududiy bo'limlari bilan birgalikda “Qishloq xo‘jaligi va ekologiya bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarining shakillanishi va ularning tahlili” mavzusida navbatdagi onlayn vebinar tashkil etildi. Unda boshqarmaning Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi bo‘limi xodimlari hamda tuman, shahar statisitka bo'limi mutaxassislari ishtirok etdi.

 Mazkur vebinarda mutaxassislar tomonidan qishloq xoʼjaligi va ekologiya statistikasiga oid asosiy tushunchalar bo‘yicha atroflicha ma'lumot berildi.

Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi bo‘limi boshlig‘i M. Yo‘ldashev qishloq oʼrmon va baliqchilik xoʼjaligi mahsulot (xizmat)larining hajmini hisoblash usullari, qishloq xoʼjaligi va ekologiya boʼyicha statistik koʼrsatkichlarning shakllanishi va ularning tahlili, fermer xoʼjaligi va dehqon xoʼjaligi faoliyatini tanlanma kuzatuvlar maʼlumotlarini shakllantirish, hosildorlik, yer maydoni va boshqa qishloq xoʼjaligiga oid koʼrsatkichlarni hisoblash usullari yuzasidan tushunchalar berdi.

Vebinar yakunida hududiy statistika boʻlimi xodimlariga oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.