2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida qiymati 8,6 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. O‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 109,5 % ni tashkil etgan.
Qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlarining ulushi, 6,8 % ga, kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 44,4 % ga hamda norasmiy sektorlarda amalga oshirilgan ishlarning ulushi 48,8 % ga to‘g‘ri kelgan.




