29/10/2024

2024- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, viloyatimizda axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar jami soni 398 tani tashkil etgan.

Quyidagi hududlarda ushbu sohada eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar aks etgan:

  • Namangan shahri – 180 ta;
  • Chust tumani – 34 ta;
  • Namangan tumani – 27 ta;
  • Uchqo‘rg‘on tumani – 23 ta;
  • Pop tumani – 21 ta.

Shuningdek, 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida ushbu sohada 88 ta korxonalar yangi tashkil etilib, ularning hammasi kichik biznes subyektlaridir.