30/10/2024

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatining yalpi hududiy mahsulot hajmi 47,5 trln so‘mni tashkil etib, shundan 74,3 % i kichik tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlarining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagicha;

🏭 ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi – 11,1 trln so‘m;
🏗 bajarilgan qurilish ishlari hajmi – 8 trln so‘m;
💰 asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi – 23,4 trln so‘m;
⚙️ ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi – 22,0 trln so‘m;
🛍 chakana savdo tovar aylanmasi hajmi – 15,2 trln so‘m;
🌲 qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarining hajmi–22,6 trln so‘m;
✈️ eksport–207,3 mln AQSH dollari;
🚛 import–338,7 mln AQSH dollari;
🚚 avtomobil transportida tashilgan yuklar–26,2 mln tonna;
🚌 avtomobil transportida tashilgan yo‘lovchilar soni–333,9 mln kishi.