2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatning Rossiya bilan tashqi savdo aylanmasi 329 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 14 mln. AQSh dollariga ko‘paygan.
Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 269,4 mln. AQSh dollarini, import hajmi esa 59,6 mln. AQSh dollarini tashkil etgan.
Ma’lumot o’rnida, Namangan viloyati 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida 77 dan ortiq davlatlar bilan tashqi savdo aloqlarini amalga oshirgan bo’lib, savdo aylanmasida Rossiya davlatining ulushi 34,1 % bilan eng yuqori o’rinni egallagan.