Joriy yilning 3- oktabr kuni Viloyat statistika boshqarmasida Namangan Muhandislik Qurilish inistituti talabalariga "Tashqi savdo aylanmasining asosiy ko‘rsatkichlarini shakllantirish hamda O‘zbekiston Respublikasida Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik koʼrish va uni o‘tkazish" mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda, Viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i S. Melixujayev, Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish bo‘limi xodimlari hamda Namangan Muhandislik Qurilish inistituti o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida S. Melixujayev viloyatimizda statistika sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, statistika axborotlarining haqqoniyligi va shaffofligini ta’minlash hamda foydalanuvchilarga yetkazish to‘g‘risida talabalarga tuchunchalar berdi.
Shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatga oid xalqaro tasniflagichlarni amaliyotda qoʼllash, ichki savdo koʼrsatkichlarini shakllantirishda kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan savdo hajmini baholash, statistik tanlanma kuzatuvlar maʼlumotlarini shakllantirish, yanvar-avgust oylarida viloyatimida tashqi savdo aylanmasining asosiy ko‘rsatkichlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Muloqot davomida Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo'limi xodimlari tomonidan Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari, aholini ro‘yxatga olishning maqsadi, ro‘yxatga olishning nima uchun zarurligi haqida ishtirokchilarga tushunchalar berildi.
Tadbir so‘nggida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berdi.