2024- yilning 1- oktabr holatiga Namangan viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 4 592 ta bo‘lib, viloyatmizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning 17,2 foiz ulushini tashkil etdi.
Shundan, kichik biznes subyektlariga tegishli soni 4 531 taga to‘gri keldi.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:
- Namangan shahri – 1 648 ta;
- Kosonsoy tumani – 361 ta;
- Namangan tumani – 352 ta;
- Chust tumani – 333 ta;
- To‘raqo‘rg‘on tumani – 305 ta;
- Uychi tumani – 303 ta;
- Yangiqo‘rg‘on tumani – 265 ta;
- Uchqo‘rg‘on tumani – 251 ta;
- Norin tumani – 236 ta;
- Pop tumani – 217 ta;
- Chortoq tumani – 191 ta;
- Mingbuloq tumani – 130 ta.