Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek, Statistika agentligi tizimida xodimlar tomonidan mustaqil taʼlim olish orqali oʻz kasbiy kompetensiyasi va savodxonligini uzluksiz oshirib borishini tizimli yoʻlga qoʻyish maqsadida “Statistika taʼlim platformasi” (talim.stat.uz) korporativ axborot tizimi ishga tushirildi.
Platforma oʻquv jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida tashkil etish va monitoring qilish orqali taʼlim sifatini oshiradi.
“Statistika taʼlim platformasi” – joriy etilgan onlayn kurslar orqali xodimlarga masofadan onlayn tarzda taʼlim olishi, kasbiy koʻnikmalarini mustahkamlashi va statistika sohasida bilimlarini oshirishi yuzasidan mustaqil taʼlim olishlari uchun imkoniyat yaratadi.