01/11/2024

 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida 3 trln 184 mlrd so‘mlik transport xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish surati 2023- yilning mos davriga nisbatan 118,4 foizga yetgan.

Hududlar kesimida eng ko‘p transport xizmatlari Namangan shahrida 1 trln 34,6 mlrd so‘mni, Chust tumanida 246,3 mlrd so‘mni hamda Pop tumanida 234 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Shuningdek, viloyat bo‘yicha bozor xizmatlari tarkibida transport xizmatlarining qo‘shgan hissasi 10,9 % ga to‘g‘ri kelmoqda.