2024- yilning 1- oktabr holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 26 745 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,1 foizga kamaygan.
Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:
- Namangan shahri – 8 219 ta;
- Chust tumani – 2 291 ta;
- Pop tumani – 2 021 ta;
- Uchqo‘rg‘on tumani – 1 777 ta;
- Chortoq tumani – 1 711 ta;
- To‘raqo‘rg‘on tumani – 1 703 ta;
- Namangan tumani – 1 652 ta;
- Uychi tumani – 1 596 ta;
- Kosonsoy tumani – 1 587 ta;
- Yangiqo‘rg‘on tumani – 1 471 ta;
- Norin tumani – 1 428 ta;
- Mingbuloq tumani – 1 343 ta.