Istalgan matnni tanlang va tinglash uchun belgini bosing!

01/11/2024

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari hajmi 11 trln 258,8 mlrd so‘mga yetib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 105,5 % ni tashkil qildi.

Viloyatimiz bo‘yicha ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 51,1 % ga to‘g‘ri kelmoqda. 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 147,5 ming tonna go‘sht, 641,4 ming tonna sut, 513,4 mln dona tuxum, 1434 tonna jun ishlab chiqarildi va 4785,1 tonna baliq ovlandi.

Matnni tanlang va tinglash tugmasini bosing!