05/11/2024

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida asosiy kapitalga 30 trln 716 mlrd so‘mlik investitsiyalar yo‘naltirilgan.

O‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 200,6 % ni tashkil etgan.

Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari;

🔸 To‘g‘ridan-to‘g‘ri va boshqa xorijiy investitsiyalar hamda kreditlar - 23 trln 395,2 mlrd so‘m;

🔸 Korxonalar mablag‘i (mahalliy byudjet mablag‘larini qo'shgan holda) - 3 trln 861 mlrd so‘m;

🔸 Bank kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari - 302,3 mlrd so‘m;

🔸 Aholi mablag‘lari - 2 trln 20,1 mlrd so‘m;

🔸 O‘zbekiston Respublikasi kafolati bilan chet el kreditlari - 548 mlrd so‘m;

🔸 Byudjet mablag‘lari - 589 mlrd so‘m;

🔸 Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari - 0,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.