2024- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimizda yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 3 209 tani tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
- savdo sohasida – 1 299 ta
- sanoat sohasida – 629 ta
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 295 ta
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 202 ta
- qurilish sohasida – 131 ta
- tashish va saqlash sohasida – 112 ta
- axborot va aloqa sohasida – 88 ta
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 91 ta
- boshqa sohalarda – 362 tani tashkil etgan.