Statistika agentligi tomonidan 2024- yilning oktabr oyi uchun hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning o‘rtacha narxlari kuzatildi. Unga ko‘ra 1 porsiya oshning o‘rtacha narxining eng yuqorisi Toshkent shahrida – 34 500 so‘mni, eng arzon palov esa Namangan viloyatida 22 200 so‘mni tashkil etdi.
✅ Respublika bo‘yicha 1 porsiya oshning o‘rtacha narxi:
🔸Qoraqalpog‘iston R. – 25 700 so‘m
🔸Andijon viloyati – 29 200 so‘m
🔸Buxoro viloyati – 33 700 so‘m
🔸Jizzax viloyati –28 800 so‘m
🔸Qashqadaryo viloyati – 30 700 so‘m
🔸Navoiy viloyati – 26 800 so‘m
🔸Namangan viloyati – 22 200 so‘m
🔸Samarqand viloyati – 30 500 so‘m
🔸Surxondaryo viloyati – 28 600 so‘m
🔸Sirdaryo viloyati – 25 700 so‘m
🔸Toshkent viloyati – 27 300 so‘m
🔸Farg‘ona viloyati – 25 300 so‘m
🔸Xorazm viloyati – 30 000 so‘m
🔸Toshkent shahri – 34 500 so‘m
Narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi. Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.