Mingbuloq tumani 1952- yil 15- aprelda tashkil topgan bo‘lib, umumiy yer maydoni 0,74 ming kv.km tashkil etadi. 2024- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, doimiy aholisi soni 139,1 ming kishiga yetib, 2024- yilning 1- yanvar holatiga nisbatan 2,2 ming kishiga ko‘paydi.
Doimiy aholining 51,0 % ini erkaklar, 49,0 % ini ayollar tashkil etadi. 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida tug‘ilganlar soni 2639 kishini, vafot etganlar soni 417 kishini tashkil qilgan.
Shuningdek, yanvar-sentabr oylarida FHDYO organlarida 607 ta nikohlar va 137 ta nikohdan ajralishlar ro‘yxatga olingan.