Joriy yilning 12- noyabr kuni Norin tumanida INI (ist'emol) oylik kuzatuvining oziq-ovqat yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi narx kuzatuvi o‘tkazildi.
Kuzatuv jarayonida Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sanjarbek Melixujayev hamda Norin tumani statistika bo‘limi narx registratori tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligi qiyosiy o‘rganildi va olingan ma’lumotlar planshet qurilmasiga qayd etib borildi.
Shuningdek, S. Melixujayev tomonidan narx registratoriga kuzatuvlarda asosiy e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan o‘z tavsiya va takliflarini bildirdi.