12/11/2024

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 569 ming 955 tonna donli ekinlar yetishtirilgan bo‘lib, 2023- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 10,4 % ga ko‘paygan.

Jami don ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, jami don ishlab chiqarish umumiy hajmidan 83,4 % i fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, hududlar bo‘yicha don mahsulotlari yetishtirishda Pop, Mingbuloq hamda Uchqo‘rg‘on tumanlari yetakchilik qilmoqda.