2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida tirik vaznda 147,5 ming tonna go‘sht mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 5,3 % ga ko‘paygan.
Go‘sht ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, go‘sht ishlab chiqarish umumiy hajmidan 85,3 % i dehqon va tomorqa xo‘jaliklari, 8,3 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hamda 6,4 % i fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgan.