Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy faoliyat turlari ichida yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan biri hisoblanadi.
Joriy yilning 1- oktabr holatiga viloyatimizda 2023- yilga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 90,3 foizni tashkil etdi.
So’nggi yillarda sanoat sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning o‘sish dinamikasi quyidagicha aks topdi:
- 2020 -yilda – 6 284 ta;
- 2021- yilda – 7 467 ta;
- 2022- yilda – 7 697 ta;
- 2023- yilda – 5 084 ta;
- 2024- yilda – 4 592 ta.