Joriy yilning 18- noyabr kuni Namangan davlat universitetida viloyat statistika boshqarmasi tomonidan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish yuzasidan davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.
Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi tomonidan aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish, bu borada amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, ishtirokchilar targʻibot ishlarini olib borishda qaysi jihatlarga e’tibor qaratish lozimligi bo‘yicha o‘zaro fikr-mulohaza almashishdi.
Davra suhbati qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Talabalarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.