Chust tumani 1926- yil 29- sentabrda tashkil topgan bo‘lib, umumiy yer maydoni 0,94 ming kv.km tashkil etadi. 2024- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, doimiy aholisi soni 289,9 ming kishiga yetib, 2024- yilning 1- yanvar holatiga nisbatan 4,3 ming kishiga ko‘paydi.
Doimiy aholining 51,1 % ini erkaklar, 48,9 % ini ayollar tashkil etadi. 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida tug‘ilganlar soni 5427 kishini, vafot etganlar soni 886 kishini tashkil qilgan.
Shuningdek, yanvar-sentabr oylarida FHDYO organlarida 1387 ta nikohlar va 304 ta nikohdan ajralishlar ro‘yxatga olingan.