2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyati bo‘yicha tashish va saqlash sohasida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi miqdori 4 mln 727,1 ming so‘mga to‘g‘ri keldi.
O‘sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 121,5 % ni tashkil etgan.
Tashish va saqlash iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi Namangan shahrida (5 139,4 ming so‘m), To‘raqo‘rg֥on tumanida (3 171,0 ming so‘m), Pop tumanida (2 884,5 ming so‘m) va Uychi tumanida (1 211,1 ming so‘m) ni tashkil etdi.
✅ Ma'lumot o‘rnida, 2021- yilning yanvar-mart oylarida ushbu sohada o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi miqdori 1904,5 ming so‘m bo‘lgan.
Axborot xizmati